O‘zbekistonda dekabr oyida qanday ob-havo kuzatilishi ma'lum boʻldi
Oʻzgidromet maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil dekabr oyining birinchi oʻn kunligida Oʻzbekistonda havo harorati avvalgi yillardagi koʻrsatkichlarga yaqin holda oʻrtacha boʻlishi kutilmoqda.
Havo harorati kechasi -3° dan +2° gacha, kunduzi +3° dan +8° gacha oshishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda harorat +10° gacha ko‘tarilishi mumkin. Mamlakatning shimoliy hududlarida harorat kechasi -3° dan -8° gacha tushishi, kunduzi +2° dan +7° gacha boʻlishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, 2-dekabr kuni ayrim tog‘li hududlarda biroz qor yog‘ishi ham mumkin.
Keyinroq oyning birinchi dekadasi oxirigacha (3−8 dekabr) Oʻzbekiston hududida quruq ob-havo hukm suradi va faqat 9−10 dekabr kunlari ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.
Oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunligida harorat kechalari 0…-5° dan +2°…+7° gacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. Kunduz kunlari esa +3°…+8° dan +10°…+15° gacha oshadi. Oy oxirida kechasi -5°…-10° gacha, kunduz kunlari esa 0°…-5° gacha pasayishi mumkin. Shimoliy hududlarda harorat kechasi -8°…-13° (ba'zi joylarda −15…−17° dan -3°…+2° gacha), kunduzi −2…+3° dan +3°…+8° gacha o‘zgarib turadi.