Oʻzbekistonliklar dekabrda 11 kun dam oladi
E’lon qilingan sana: · 28 849
Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, oʻzbekistonliklar 2024-yil dekabr oyida ish haftasiga qarab 8 va 11 kun dam oladi.
- 9-dekabr, dushanba — dam olish kuni, 8-dekabrdan ko‘chirilgan.
- 30-dekabr, dushanba — olti kunlik ish haftasiga ega xodimlar uchun dam olish kuni hisoblanadi.
- 31-dekabr, seshanba — ish haftasi turidan qat’iy nazar, qoʻshimcha dam olish kuni.
Besh kunlik ish haftasiga ega boʻlgan xodimlar uchun 14-dekabr, shanba kungi dam olish 30-dekabr dushanba kuniga koʻchirilgan.
Shunday qilib, besh kunlik ish haftasiga ega boʻlgan ishchilar dekabr oyida 11 kun dam oladi:
Olti kunlik ish haftasiga ega ishchilar dekabr oyida 8 kun dam oladi:
Yangi yil bayrami munosabati bilan haftasiga besh kun ishlaydigan oʻzbekistonliklar ketma-ket besh kun — 2024-yil 28-dekabr shanba kunidan 2025-yil 1-yanvar chorshanba kuniga qadar dam olishlari mumkin bo‘ladi.