"Xizmatida eh barakallo Ali, jon Ali": Toshkentdagi 10 ta sartaroshxona
Erkak kishining azaliy muammosi — soch — bori ham, yoʻgʻi ham. Kimdir oʻziga mos turmak topolmaydi, kimgadir esa yaxshi, muqim sartarosh kerak. Ularni almashtirish ham qiyin jarayon, bu xuddi futbolda darvozabonni oʻzgartirishga oʻxshaydi. Bu turdagi “xiyonat” ham alohida mavzu.
Oxirgi yillarda sartaroshxonalar koʻpaydi, buning ortidan raqobat paydo boʻldi va ularning ba’zilari mijozlarni jalb qilish uchun qoʻshimcha xizmatlar, masalan, massaj ham taklif qilishmoqda. Bu ajoyib, lekin tanlov imkoniyati qancha koʻp boʻlsa, shuncha qiyinlashadi. Afisha.uz Toshkentning turli nuqtalaridagi sartaroshxonalarning 10 tasini bir joyga jamladi.
Maqolaning davomi, asosiy qismini oʻqishdan oldin Gʻani A’zamovning “Maftuningman” filmida yangragan “Sartarosh Ali” qoʻshigʻini fonga qoʻyib olishni tavsiya qilamiz.
AVA
Ushbu muassasa oʻzini “choʻntakbop narxlarda premium xizmat koʻrsatuvchi” sifatida ta’riflaydi. Sartaroshxonaning ikkita filiali boʻlib, ularning har birida bir nechta mutaxassis ishlaydi. Bu yerda ham boshqa joylar singari bolalar uchun maxsus oʻrindiqlar oʻrnatilgan.
Foto: Yandex
Barbershop xizmatlari va ularning narxlari bilan ushbu havola orqali koʻrib chiqishingiz mumkin.
Bradobrey
Ushbu muassasa ham keng turdagi xizmatlarni koʻrsatadi: soch kaltalash, soqol olish, turkmalash va hokazo. Narxlar ham oʻrtacha.
Mazkur barbershop poytaxt boʻylab 4 ta nuqtada faoliyat olib boradi. Narxlar, xizmatlar, mutaxassislar va boshqa tafsilotlar bilan ushbu manzilda tanishishingiz mumkin.
Manzillar: 1. Qiyot; 2. Mirzo Ulugʻbek; 3. Ekobozor; 4. Chilonzor.
Re Style
“Xalqlar doʻstligi” saroyida yonidan boshlanadigan Bunyodkor koʻchasining boʻyida nafaqat koʻplab oshxonalar, balki qator sartaroshxonalarni ham topa olasiz. Oʻsha qatorning oʻzidan, 1−2 km masofada 4−5 ta topish mumkin. Lekin roʻyxatimizning birinchida turgani — “Re Style”. Bu “barber shop” “Milliy bogʻ” metrosidan chiqishda joylashgan va oʻsha yerning oʻzida oʻnlab mutaxassis ishlaydi. Shunday boʻlsada, sartaroshlarni oldindan ogohlantirib, joy band qilib borgan yaxshi.
Foto: Yandex
Telefon raqam: +998 91 389 69 66; +998 93 514 44 97;
Mates
Soch kaltalash, turmaklash, soqolni formaga solish — erkak kishi uchun birlamchi ehtiyoj boʻlgan xizmatlarni oʻzida jamlagan “Mates” Toshkentning faqatgina bitta nuqtasida ishlaydi, ammo ixcham va moʻjazgina. U yerda ikkita sartarosh faoliyat yuritadi.
Foto: Yandex
“Mates"da soch oldirmoqchi boʻlsangiz, ushbu havola orqali oldindan joy band qilib qoʻyishingiz mumkin.
The Broʻs
Sagʻbon koʻchasida joylashgan mazkur sartaroshxona oʻzining interyeri bilan ham odamni jalb qila oladi. Bundan tashqari, u yerda oʻzining bari ham bor.
Foto: Yandex
Telefon raqam: +998 881 15 22 25;
Real Art
Ushbu sartaroshxonada koʻplab mutaxassislar, xususan, Instagram’da mashhur Abduvali va Salohiddin (ha, oʻsha massajlari bilan mashhur kishi) ismli barber-blogerlar ham ishlaydi. Muassasaning boshqalardan farqi shundaki, ular sartaroshlik kasbini boshqalarga oʻrgatadi, bu uchun maxsus akademiya ham tashkil qilingan.
Skrinshot: Instagram
Mazkur sartaroshxonaga borishdan oldin telefon qilib, joy band qilish tavsiya qilinadi.
Telefon: +998 90 977−79−52;
Big Bro
Onlayn roʻyxatdan oʻtish imkoniyati bor barbershoplarga qaytamiz. “BigBro"da uch nafar mutaxassis faoliyat yuritadi. Muassasada tez-tez turli aksiyalar oʻtkaziladi. Shuningdek, oʻzining bari va qiziqarli interyeri ham vaqtni chog' oʻtkazishga yordam beradi.
Foto: Yandex
Ushbu havola orqali kerakli sartaroshni tanlab, oldindan qulay vaqtga joy band qilish mumkin.
UncleChill
Ushbu sartaroshxona haqida koʻpchilik eshitgani aniq. Bu premium toifadagi barbershop boʻlib, u yerda nafaqat soch kaltalatish, balki boshqa protseduralar, masalan, soqol olidirish, yuz tozalatish, manikyur, pedikyur va hokazolar ham qildirish mumkin. Bundan tashqari, muassasaning bari ham bor.
Foto: Yandex
“UncleChill"ning afzalligi shundaki, onlayn joy band qilish mumkin. Mazkur maxsus veb sahifa orqali mutaxassislar va ularning eng yaqin boʻsh vaqtini koʻrishingiz va joy band qilishingiz mumkin.
Manzillar: Tashkent City | Brodvey.
23:59
Oʻz nomi bilan ham ajralib turgan bu barbershopning poytaxt boʻylab 2 ta filiali bor. Premium manzillarning har birida 5−6 nafar mutaxassis ishlaydi. Ular nafaqat soch olish yoki turmaklash, balki yuz tozalash va turli niqoblar bilan ham shugʻullanadi.
Mijozlarga yoqadigan yana bir jihati shundaki, u yerda kutish davomida Playstation oʻynab oʻtirishingiz yoki bardagi ichimlik va yengil yeguliklardan zavqlanib oʻtirishingiz mumkin.
Ushbu sartaroshxonaning ushbu maxsus veb sahifasi orqali oʻzingizga yoqqani mutaxassisni tanlab, eng yaqin boʻsh vaqtiga joy band qilishingiz mumkin.
Manzillar: Nukus koʻchasi | Minor.
Topor
Roʻyxatimizning soʻnggida Toshkentdagi yana bir mashhur premium barbershop. Ushbu sartaroshxona mehmonlarining yulduzligi, xodimlari oʻz sohasining yetakchisi ekani va qulay muhiti bilan maqtana oladi. Narxlar oʻrtachadan baland. Onlayn joy band qilish imkoniyati bor.
Foto: Yandex
Telefon raqam: +998 97 131 88 00
Umuman olganda, yuqorida aytganimizdek, Toshkentda sartaroshxonalar juda koʻp, yuqoridagilar esa ularning oʻntasi, xolos. Siz sochingizni qayerda kaltalatasiz \ turmaklaysiz? Izohlarda yozib qoldiring, boshqalar uchun ham foydali boʻlishi mumkin.