Toshkentda jamoat transporti chiptalari narxi oshiriladi

E’lon qilingan sana· 465
Toshkentda jamoat transporti chiptalari narxi oshiriladi

2025-yilning 1-yanvaridan poytaxtda avtobus va metropolitenda yoʻlkira narxi oshiriladi. Bunga oid Toshkent shahri hokimining qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror bilan keyingi yilning dastlabki kunidan boshlab Toshkent shahrining jamoat transporti yo‘nalishlarida (avtobus va metropoliten) qatnovlarni amalga oshirish uchun yo‘lkira haqining quyidagi cheklangan tariflari belgilanmoqda:

bir yo‘lovchi qatnovi uchun cheklangan tarif — 3 000 (uch ming) so‘m. Bunda, bir martalik to‘lovni elektron to‘lov tizimi orqali amalga oshirilganda 1 700 (bir ming yetti yuz) so‘m undiriladi.

Shuningdek, bir yo‘lovchining bagajini tashish bo‘yicha xizmat uchun — 4 000 (to‘rt ming) so‘m. Qatnovlar soniga bog‘liq holda belgilangan tarif rejalarini hisoblash uchun cheklangan tarif — 1 600 (bir ming olti yuz) so‘m.

Qatnovlar soniga bog‘liq holda belgilangan transport kartalarining va transport kartalaridan foydalanilgan holda bir soat ichida bir yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan boshqasiga o‘tish sonidan kelib chiqqan holda imtiyozli va bepul tarif rejalarining narxlari o‘zgarishsiz qoldiriladi.

Ta’kidlanishicha, Toshkent shahri yo‘nalishlaridagi barcha avtobuslar salonida yo‘lkira haqini naqd pulda olish amaliyotidan voz kechiladi va yo‘lkira haqini faqat elektron tarzda qabul qilish amaliyoti joriy etiladi.