Hafta davomida iliq ob-havo kuzatiladi, oxirida esa yogʻingarchilik kutilmoqda

E’lon qilingan sana· 2 002
Hafta davomida iliq ob-havo kuzatiladi, oxirida esa yogʻingarchilik kutilmoqda

25—29-noyabr kunlari poytaxtda kutilayotgan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi.

Dushanba kuni kunduzi Toshkentda havo biroz bulutli bo‘lib, havo harorati +17 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi havo biroz bulutli boʻladi, harorat +6° gacha tushishi mumkin.

26-noyabr kuni havo biroz bulutli bo‘lib, kunduzi havo harorati +18 gradusgacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi havoning biroz bulutli boʻlishi, tutun hosil boʻlishi natijasida koʻrishning qisqarishi, shuningdek, havo haroratining +5° gacha prognoz qilingan.

Chorshanba kuni tushdan keyin havo biroz bulutli bo‘lib, havo harorati +19° gacha ko‘tarilishi mumkin. Kechasi biroz bulutli boʻladi, havo harorati +7° gacha tushadi.

28-noyabr kuni poytaxtda kunduzi sezilarli havo bulutli boʻlib, harorat +19° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi bulutli boʻlib, harorat +9° gacha tushishi mumkin.

Juma kuni tushdan keyin yomgʻir yogʻishi kutilmoqda (70% ehtimol bilan), havo harorati +13° gacha koʻtariladi. Shanbaga oʻtar kechasi kuchli yomgʻir yogʻishi kutilmoqda (ehtimol 80%), havo harorati esa +6° gacha pasayadi.