Dam olish kunlar havo harorati 15 darajagacha koʻtariladi
E’lon qilingan sana: · 61
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet agentligi xabar bermoqda.
Faqat Surxondaryo viloyatida 23-noyabr kuni ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi.
Harorat kechalari 0…+5 daraja iliq, shimolda ba’zi joylarda −1…−3 darada sovuq atrofida bo‘ladi. Kunduz kunlari quyosh nurlari havoni +10…+15 daraja iliqqacha isitadi.
Sinoptiklarga koʻra, bunday harorat noyabr oyining ushbu kunlari uchun bo‘lgan iqlim me’yorlariga yaqin.