Toshkent metrosining qaysi bekatlarida hojatxona qurilishi ma'lum boʻldi
E’lon qilingan sana: · 232
Toshkent metrosining qaysi bekatlarida ona va bola xonasi hamda hojatxona qurilishi ma’lum boʻldi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Ta’kidlanishicha, hojatxona qurish uchun yer ostida joylashgan quyidagi 9 ta gavjum bekat tanlab olingan:
- “Buyuk ipak yo‘li” bekati;
- “Amir Temur xiyoboni” bekati;
- “Mustaqillik maydoni” bekati;
- “Paxtakor” bekati;
- “Olmazor” bekati;
- “Beruniy” bekati;
- “Chorsu” bekati;
- “Do‘stlik” bekati;
- “Bodomzor” bekati.
Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda 4 ta metro bekatida, xususan, “Buyuk ipak yo‘li”, “Amir Temur xiyoboni”, “Paxtakor” va “Beruniy"da rejalashtirilgan hojatxonalarning loyiha hujjatlari yakuniy bosqichda bo‘lib, qurilishning 1-bosqichi boshlangan.