Porsche Toshkentda: avtodillerlikning yangi darajasi
"Afisha" muharrirlari shourumga birinchilardan boʻlib tashrif buyurib, u ichkaridan qanday koʻrinishi haqida maqola tayyorladi.
30-sentyabr kuni O‘zbekistonda birinchi “Porsche” markazi qurilishi boshlandi, noyabr oyi oxirida esa yangi va ko‘p jihatdan noyob boʻlgan birinchi Porsche dilerlik studiyasining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tadi.
Bu shunchaki avtosalon emas, u shunday innovatsion makonki, unda mijozlar bilan muloqot qilish va brend bilan tanishish uchun zamonaviy va qulay joyga aylanadi. Bu yerda premium avtomobillarni sotish g‘oyasi “Porsche” muhandislik san’ati va madaniy qadriyatlarini namoyish etish tushunchasi bilan uyg‘unlashadi.
“Afisha” muharrirlari shourumga birinchilardan boʻlib tashrif buyurib, u ichkaridan qanday koʻrinishi haqida maqola tayyorladi.
“Porsche Studio” nafaqat Toshkentda, balki butun Markaziy Osiyoda yagona. Avval faqat Ostona va Olmatoda “Porsche” markazlari bor edi, ammo bu endi butunlay boshqa format. Studiya shahar markazida joylashgan bo‘lib, shourum, mehmondo‘stlik va qulaylikning uyg‘unlashgan ko‘rinishini o‘zida mujassam etgan butik tasavvurini beradi.
Studiyadan farqli o‘laroq, “Porsche” markazi ko‘proq kengaytirilgan modellar assortimenti va texnik xizmat ko‘rsatish markaziga ega bo‘lgan yirik avtosalonga o‘xshaydi.
Yangi Toshkent hududidagi to‘laqonli dilerlik markazi qurilishi 2025-yilda yakunlanadi.
Uch qavatli studiyaga qaytaylik. Birinchi qavatda ikkita model — qordek oq rangli “Porsche Taycan 4S Cross Turismo” va ko‘k rangli “Porsche Macan T”, kutish zonasi, bar va konfigurator mavjud bo‘lib, ular yordamida har bir mehmon interaktiv tarzda modellar bilan tanishishi va o‘z xohishlariga ko‘ra avtomobil tanlashning noyob tajribasini his qilishi mumkin.
Studiya sizni “old money” muhitiga sho‘ng‘itadi: chiziqlarning soddaligi, yorqin ranglar, bu brend falsafasini yana bir bor esga soladi — hashamat va nafosat. Shourumning o‘zi shahar tashqarisidagi uyni eslatadi, u juda shinam. Bu shunchaki avtosalon emas, balki mijozlar qulay sharoitda so‘nggi modellar bilan tanishishlari mumkin bo‘lgan puxta o‘ylangan dizayn makoni. Agar maxfiylik kerak bo‘lsa, bu yerda suriladigan pardalar ham bor.
Studiyaning asosiy maqsadi — har bir tashrif buyuruvchi uchun imkon qadar qulay sharoit yaratish. Bu yerda mijozlar shaxsiy maslahatchi xizmatidan foydalanishlari mumkin. Maslahatchi nafaqat kerakli texnik ko‘rsatkichlarga ega modelni tanlashga yordam beradi, balki rang, salon va texnologik imkoniyatlarni o‘z ichiga olgan to‘liq komplektatsiya ham tavsiya qiladi.
Avtomobil tanlashdan tashqari, maslahatchilar servis xizmatining nozik jihatlari haqida ma’lumot berishga va eng maqbul yechimlarni taklif etishga tayyor. Servis markazi binoning pastki qavatida joylashgan.
Ikkinchi qavatda “Tashkent City” bog‘iga qaragan katta panorama oynali muzokara xonalari va kutish zali joylashgan.
Modellar bilan tanishishdan tashqari, mehmonlar brend tarixini chuqurroq bilishlari va uning falsafasini his qilishlari mumkin. Assortimentda taqdim etilgan kitoblar va fotosuratlar haqiqatan ham “Porsche” dunyosiga olib ketadi.
“Porsche Studio” — bu shahardagi brendning haqiqiy muxlislari va ishqibozlari to‘planadigan maskan. U “Porsche” dilerlik markazining noyob shakli bo‘lib, an’anaviy ko‘rgazma zali va yangi interaktiv makon unsurlarini o‘zida mujassam etgan.
Bu yerda tashrif buyuruvchilar “Porsche” olamiga sho‘ng‘ishlari, shaxsiy maslahat olishlari, brendning innovatsiyalari va merosi bilan tanishishlari, shuningdek, o‘zlarining orzu qilgan avtomobillarini buyurtma berishlari mumkin.
Aytgancha, “Porsche” egalari uchun “Tashkent City” hududiga kirish bepul.