Yangihayot tumanida tun-u kun ishlaydigan "zamonaviy koʻcha" ochiladi
E’lon qilingan sana: · 963
Poytaxtning Yangihayot tumanida yana bir 24/7 is rejimida ishlaydigan “zamonaviy koʻcha” ochiladi.
Ushbu koʻchada kafe, restoran, qahvaxonalar, dekorativ soyabonlar, oʻrindiqlar, dam olish maskanlari boʻladi, deya ma’lum qildi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati Afisha.uz'ga.
“Sergeli” metro bekati yaqinidagi hududda piyodalar yo‘laklari, veloyo‘laklar, bolalar o‘yini maydonchalari va ko‘rgazmali sahna ham boʻladi.
Ta’kidlanishicha, mazkur koʻchaning ochilishi 15-noyabrga moʻljallangan.