Hafta davomida havo sovib boradi, yomgʻir yogʻadi
Toshkent shahrida 4-noyabrdan 8-noyabrgacha kutilayotgan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi.
Dushanba kuni ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati +25° gacha ko‘tariladi. Yog‘ingarchilik ehtimoli — 60%. Kechasi kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Harorat +15° gacha pasayishi kutilmoqda. Yomg‘ir yogʻish ehtimoli — 50%.
5-noyabr kuni poytaxtda kunduzi kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, harorat +18 darajagacha ko‘tariladi. Yog‘ingarchilik ehtimoli — 60%. Kechasi yomg‘ir yog‘ishi, havo harorati +14 darajagacha pasayishi kutilmoqda.
Chorshanba kuni kunduzi yomg‘ir yog‘adi, harorat +16 darajagacha ko‘tariladi. Yogʻingarchilik ehtimoli — 90%. Kechasi kuchli yomg‘ir yog‘ishi, havo harorati +4 darajagacha pasayishi kutilmoqda.
7-noyabr kuni kunduzi Toshkentda havo o‘zgarib turadi, havo harorati +9 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi havo biroz bulutli bo‘ladi. Harorat +2° gacha pasayadi.
Juma kuni kunduzi havo kam bulutli bo‘ladi, harorat +11 darajagacha ko‘tariladi. Shanbaga o‘tar kechasi havo o‘zgarib turadi, havo biroz bulutli bo‘ladi, havo harorati +2 darajagacha pasayadi.