Yugurish – hayot tarzi sifatida: Nestlé jamoasi 2024-yilgi xalqaro Samarqand marafoniga qo‘shildi
Bu yil Nestlé jamoasi O‘zbekistonda inklyuzivlik va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan ushbu muhim tadbirda birinchi marta qatnashdi.
O‘zbekistondagi Nestlé xodimlarining yugurish jamoasi xalqaro xayriya poygasi bo‘lgan Samarkand Marathon 2024 musobaqasida ishtirok etdi.
Nestlé kompaniyasining 30 nafar xodimidan iborat jamoasi nafaqat musobaqada qatnashdi, balki poygachilar uchun boshlang‘ich sovg‘a paketlariga o‘z mahsulotlarini ham taqdim etdi. Ushbu marafonda qatnashish kompaniyaning barcha hududlarda sog‘lom va faol turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, odamlar farovonligini oshirish va ularning salomatligini mustahkamlash bo‘yicha sa’y-harakatlari uchun muhim qadam bo‘ldi.
Samarkand Marathon — 2019-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan, inklyuzivlik va sport turizmini rivojlantirish kabi ijtimoiy masalalarga e’tibor qaratilgan xalqaro tadbirdir. Marafon, shuningdek, ta’lim va madaniy dasturlar, konsertlar va kino namoyishlari bilan birgalikda o‘tkazilib, uni sportchilar va keng jamoatchilik uchun jozibali voqeaga aylantiradi.
“Tadbirimizning asosiy maqsadi — madaniyat obyektlarida inklyuzivlik masalalariga e’tiborni jalb qilishdir. Ushbu maqsad doirasida tadbirdan tushgan mablag‘lar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay muhitni rivojlantirish, sport va jamoat joylarini yaratish hamda har bir kishiga sport tashabbuslarida qatnashish imkonini beruvchi dasturlarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi. Xalqaro kompaniyalarning marafonda ishtirok etishi tadbirimiz ahamiyatini oshirib, bizni yanada rivojlanishga ilhomlantiradi. Har yili marafon ko‘lamini sezilarli darajada kengaytirib, ko‘proq odamlarni jalb qilib, muhim ijtimoiy masalalarga e’tiborni qaratmoqdamiz”, — dedi Mirxan Sagitov, “Samarkand Marathon” poygalar turkumi kuratori.
“Samarkand Marathon musobaqasida ishtirok etish biz uchun shunchaki sport tadbiriga qo‘shilish emas, balki ESG (Environmental, Social, Governance) doirasida ijobiy o‘zgarishlarga hissa qo‘shish va barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash uchun ajoyib imkoniyatdir. Biz ijtimoiy ahamiyatga ega masalalarni hal etish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaganimizdan faxrlanamiz. Bu shunchaki marafon emas — bu dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirishga qaratilgan harakatdir va biz Nestlé xalqaro missiyasiga amal qilgan holda uning bir qismi bo‘lishdan mamnunmiz”, — dedi Nestlé kompaniyasining Oʻzbekistondagi bosh direktori Sergey Lisyuk.
Nestlé haqida
Nestlé — dunyodagi yirik xalqaro oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqaruvchi kompaniya. Bugungi kunda kompaniya 188 mamlakatda faoliyat yuritadi. Dunyo bo‘ylab xodimlar soni taxminan 275 000 ni tashkil etadi, ularning barchasi Nestlé kompaniyasi oldiga qo‘ygan maqsadini qo‘llab-quvvatlaydi: mahsulotlarining foydasi orqali bugungi va kelajak avlodlar uchun har bir insonning hayot sifatini yaxshilaydi. Nestlé nafaqat insonlar, balki ularning sevimli uy hayvonlari hayotini yaxshilashga qaratilgan keng turdagi mahsulotlar va xizmatlarni taklif qiladi. Kompaniya o‘z faoliyatida oziqlanish va sog‘lom hayot tarzi bo‘yicha chuqur bilimlarga asoslangan strategiyaga amal qiladi. Nestlé shtab-kvartirasi Shveysariyaning Vevey shahrida joylashgan bo‘lib, kompaniyaning tarixi 150 yildan ortiq vaqt oldin aynan shu yerda boshlangan.
Reklama huquqlari asosida.