Eng arzoni Namanganda, eng qimmati Toshkentda: O‘zbekistonda palovning o‘rtacha narxi e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 1 142
Eng arzoni Namanganda, eng qimmati Toshkentda: O‘zbekistonda palovning o‘rtacha narxi e’lon qilindi

Statistika agentligi oktyabr oyida O‘zbekiston hududlarida bir porsiya palovning o‘rtacha narxini e’lon qildi.

Oʻzbekiston boʻyicha eng qimmat palov Toshkentda — oʻrtacha 34 500 so‘m. Eng arzon palovni Namangan viloyatida oʻrtacha 22 200 so‘mdan xarid qilish mumkin. 2024-yil oktabr oyida viloyatlarda palovning o‘rtacha narxi quyidagicha:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 25 700 so‘m;
  • Andijon viloyati — 29 200 so‘m;
  • Buxoro viloyati — 33 700 so‘m;
  • Jizzax viloyati — 28 800 so‘m;
  • Qashqadaryo viloyati — 30 700 so‘m;
  • Navoiy viloyati — 26 800 so‘m;
  • Namangan viloyati — 22 200 so‘m;
  • Samarqand viloyati — 30 500 so‘m;
  • Surxondaryo viloyati — 28 600 so‘m;
  • Sirdaryo viloyati — 25 700 so‘m;
  • Toshkent viloyati — 27 300 so‘m;
  • Farg‘ona viloyati — 25 300 so‘m;
  • Xorazm viloyati — 30 000 so‘m;
  • Toshkent shahri — 34 500 soʻm.

Ushbu statistik ma’lumotlarni shakllantirishda faqat yakka tartibdagi umumiy ovqatlanish korxonalari (palov markazlari)dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olindi, restoran va choyxonalardagi narxlar hisobga olinmadi.