Toshkentda issiqlik ta’minoti narxlari yana oshirildi

E’lon qilingan sana· 1 023
Toshkentda issiqlik ta’minoti narxlari yana oshirildi

Toshkent shahri hokimi qarori bilan markazlashgan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun narxlar 15 foizga oshirildi. Bu taklifni Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashi 12-sentyabr kuni maʼqullagandi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Qayd etilishicha, Veolia Energy Tashkent tomonidan koʻrsatiladigan markazlashgan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun quyidagi narx (tarif)lar tasdiqlandi:

  • tartibga solinadigan bazaviy narx (tarif) va byudjet tashkilotlari tarifi amaldagi darajasida (mos ravishda QQSsiz 664 465 soʻm/Gkal va 801 963 soʻm/Gkal);
  • aholi uchun 121 617 soʻm/Gkal (QQSsiz) (avval 105 754 soʻm/Gkal edi);
  • boshqa ulgurji tashkilotlarga 244 497 soʻm/Gkal (QQSsiz) (avval 212 606 soʻm/Gkal edi).

Oxirgi marta narx 2024-yilning 2-aprelida — oʻtgan isitish mavsumi tugaganidan keyin koʻtarilgandi.

2024-yilning fevral oyida Veolia Energy Tashkent kompaniyasi kengashga Toshkent shahri aholisiga issiq suv va issiqlik taʼminoti tarifini 15 foizga oshirish taklifini kiritgandi. Korxona rahbarining aytishicha, shahar aholisi bazaviy tarifning atigi 14 foizini toʻlaydi, qolgani esa shahar byudjetidan subsidiya shaklida qoplanadi.