Foto: Toshkentdagi ilk gastronomik koʻchada nimalar bor?

E’lon qilingan sana· 1 095
Foto: Toshkentdagi ilk gastronomik koʻchada nimalar bor?

2024-yilning 26-oktyabrida poytaxtning Mirobod tumanida Toshkentdagi ilk gastronomik koʻcha rasman faoliyat boshladi. Afisha.uz muxbiri Mirjalol Qosimov Taras Shevchenko koʻchasida boʻlib, fotoreportaj tayyorladi.

Ushbu koʻchada bir qator kafe va restoranlar, savdo nuqtalari mavjud. Ularning barchasi 24 soat davomida tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatishi mumkin (ish vaqtini muassasaning oʻzi belgilaydi). Taras Shevchenko koʻchasining mazkur qismi soat 20:00 dan tonggi 06:00 gacha mashinalar harakati uchun yopilishi belgilangan, ammo biz soat 19:00 da borib, koʻcha allaqachon yopilganiga guvoh boʻldik.

Mazkur koʻcha nafaqat oʻzida jamlagan kafe va restoranlari bilan, balki turli tematik fotozonalari, piyoda yurish uchun qulay infrotuzilmasi va albatta, kechasi mashinalardan holi ekani bilan maqtana oladi. Oilaviy sayr qilish uchun ideal manzil.

Ming marta gapirgandan koʻra, bitta rasm bilan muhitni yetkazib berish osonroq. Shunday ekan, keling, fotoreportajga oʻtaveramiz. Marhamat, quyida suratlarni tomosha qilishingiz mumkin.

Mirjalol Qosimov
Fotosuratchi
Mirjalol Qosimov