Toshkentda hafta davomida sovuq havo saqlanib qoladi
Poytaxtda 28-oktabrdan 1-noyabrga qadar kutilayotgan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi.
Dushanba kuni ertalab yomgʻir yogʻadi. Kunduzi havo harorati +11° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi, ob-havo maʼlumotlariga koʻra, biroz bulutli, +4° gacha tushishi mumkin.
29-oktabr kuni kunduzi sezilarli bulutli bo‘lishi, havo harorati +14° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi havo bulutli, havo harorati +6° gacha tushishi mumkin.
Chorshanba kuni tushdan keyin havo biroz bulutli boʻlib, havo harorati +15° gacha koʻtariladi. Kechasi havo biroz bulutli boʻladi, havo harorati +5 ° gacha tushadi.
31-oktabr kuni kunduzi biroz bulutli bo‘lishi, havo harorati +18° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi — biroz bulutli, +6° gacha.
Juma kuni havo biroz bulutli boʻladi, havo harorati +20° gacha koʻtariladi. Shanba kuni kechasi biroz bulutli boʻladi, havo harorati +9° gacha tushadi.