Namanganda xalqaro asal festivali boʻlib oʻtadi
E’lon qilingan sana: · 860
Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” tematik bogʻida 1−3 noyabr kunlari III xalqaro asal festivali boʻlib oʻtadi. Bu haqda viloyat Turizm boshqarmasi xabar berdi.
Festival doirasida:
- dunyoning 10 dan ortiq davlatlaridan hamda Oʻzbekistonning barcha hududlaridan tashrif buyurgan asalarichilar ishtirokida Asal yarmarkasi;
- xalqaro ekspertlar ishtirokida ilmiy-amaliy konferensiyalar;
- B2B formatidagi uchrashuvlar;
- madaniy koʻngilochar shoular;
- osh chempionati;
- moda festivali boʻlib oʻtadi.
Bundan tashqari, festival doirasida “Eng yaxshi qadoqlangan asal” va “Eng tabiiy asal” nominatsiyalari bo‘yicha tanlovlar o‘tkaziladi.