"Parvozli teatr": 12 daqiqada Oʻzbekiston boʻylab VR-sayohat

E’lon qilingan sana· 1 858
"Parvozli teatr": 12 daqiqada Oʻzbekiston boʻylab VR-sayohat

“Tashkent City” bogʻidagi “Parvozli teatr” noodatiy sayohat taklif qiladi: qush parvozi balandligida Oʻzbekiston boʻylab 12 daqiqali virtual sayr. Ushbu interaktiv teatr bogʻning kirish darvozasi qarshisidagi “Yulduzlar muzeyi” binosida joylashgan.

Buning barchasi 7D oʻlchamli ekran va maxsus kursilarda amalga oshiriladi, bunda tomoshabin odatiy teatrlardek oʻtirmaydi, kursi ham havoda boʻlib, u turli harakatlar bilan qoʻshimcha reallik effektini berib turadi.

Bu Oʻzbekistondagi ilk mana shu turdagi teatr boʻlib, bundaylardan butun dunyo boʻylab atigi 22 ta bor. Ushbu teatrda ikkita “spektakl” bor: biri Toshkent, ikkinchisi butun Oʻzbekiston boʻylab. Seanslar 12−15 daqiqa davom etadi.

Endi asosiy ma’lumotlarga keladigan boʻlsak: “Parvozli teatr"ga kirish narxi 120 000 soʻm.

Shuningdek, majmuada aksiya amal qiladi: muzey (50 000 soʻm) va planetariyga (80 000 soʻm) chipta sotib olsangiz, 130 000 emas, 110 000 soʻm boʻladi.

Muzey (50 000 soʻm) va teatrga (120 000 soʻm) olsangiz, ikkita chipta sizga 150 000 soʻmga tushadi.

Birdaniga uchchalasiga ham chipta sotib olsangiz, aksiya doirasida bu 200 000 soʻm boʻladi (aksiyasiz 250 000 soʻm).

Jarayonni quyidagi videodan ham tomosha qilishingiz mumin:

Muhim eslatma: teatrga 120 smdan baland boʻlganlar kiritiladi va telefondan foydalanish (suratga olish) qat’iyan man etiladi.