Taras Shevchenkodagi gastronomik koʻcha qurilishining ikkinchi bosqichi boshlandi
E’lon qilingan sana: · 1 620
Mirobod tumani hokimligi matbuot xizmati Taras Shevchenkodagi turistik ko‘chaning ikkinchi bosqichi qurilishi boshlanganini ma’lum qildi.
Boshlangan ishlar munosabati bilan 22-oktyabrdan Said Baraka ko‘chasidan Nukus koʻchasigacha bo‘lgan yoʻl avtotransport harakati uchun vaqtincha yopildi. Hokimlik ushbu qurilish ishlari qachon yakunlanishi haqida ma’lumot bermagan.
Gastronomik ko‘cha qurilishining birinchi bosqichi 11-oktabr kuni yakunlangandi.