Issiq va quyoshli: dam olish kunlari toshkentliklarni shunday havo kutmoqda
E’lon qilingan sana: · 105
19−20-oktabr — dam olish kunlari Toshkent shahrida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi.
Shanba kuni tushdan keyin poytaxtda havo biroz bulutli bo‘lib, havo harorati +25° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Tutun shakllanishi tufayli koʻrish kamayishi mumkin. Kechasi havo biroz bulutli boʻlib, harorat +11° gacha tushadi.
Yakshanba kuni tushdan keyin Toshkentda havo biroz bulutli bo‘lishi, havo harorati +27° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Shamol janubi-g‘arbdan 8 km/soat tezlikda esadi. Dushanbaga oʻtar kechasi biroz bulutli boʻladi. Harorat +15° gacha tushishi kutilmoqda. Sharqdan 13 km/soat tezlikda shamol esadi.