Oʻzbekiston Ispaniyada boʻlib oʻtadigan avtosport olimpiadasida ishtirok etadi
NAFKU O‘zbekiston milliy terma jamoasini 2024-yil oktyabr oyida Ispaniyaning Valensiya shahrida bo‘lib o‘tadigan FIA Motorsport Games 2024 Avtosport Olimpiadasida ishtirok etish uchun faol tayyorlamoqda. Bu Avtosport Olimpiadasi uchinchi marta o‘tkazilmoqda. Birinchi Olimpiada 2019-yilda Italiyaning Valelungi trassasida bo‘lib o‘tgan.
Unda 100 dan ortiq mamlakatdan 1000 dan ortiq sportchi 27 ta yo‘nalishda kuch sinashadi. Tarixda birinchi marta bolalar mini kartingi kiritilgan bo‘lib, unda 7 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar ishtirok etishi mumkin. Ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston sharafini yosh sportchimiz Vladislav Kim himoya qiladi.
FIA Motorsport Games 2024 musobaqalari 2024-yil 23−27 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Tadbir o‘tkaziladigan shahar — Valensiya, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha musobaqalar Rikardo Tormo trassasida o‘tkaziladi.
Ochilish va yopilish marosimlari mashhur Fan va san’at shahrida bo‘lib o‘tadi. 100 dan ortiq mamlakatdan 1000 dan ortiq poygachi 27 ta yo‘nalish bo‘yicha bellashadi. Ishtirokchilar orasida Drift, Karting Slalom, Karting Mini va Karting Endurance kabi yo‘nalishlarda mamlakatimiz sharafini himoya qiladigan O‘zbekiston Avtosport terma jamoasi ham bor.