Haftaning birinchi yarmida yomgʻir yogʻadi

E’lon qilingan sana· 48
Haftaning birinchi yarmida yomgʻir yogʻadi

O‘zbekistonda haftaning birinchi yarmida yog‘ingarchilik va havo haroratining pasayishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda O‘zgidromet agentligi.

Toshkent shahrida dushanba va seshanba kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5−10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati dushanba kunduzi +15…+17 darajani tashkil etadi, seshanba kechasi +8…+10 daraja bo‘ladi, kunduzi +13…+15 darajadan yuqori bo‘lmaydi.

16−17-oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechalari +3…+6, kunduz kunlari +13…+16 daraja atrofida bo‘ladi.

Dushanba va seshanba kunlari antitsiklon mamlakatning barcha hududlariga ta’sir etadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanadi, faqat respublikaning shimoliy hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Chorshanba kuni faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli saqlanib turadi. Ushbu kunlarda harorat foni o‘rtacha iqlimiy qiymatlardan 6−8 darajaga past bo‘ladi. Harorat kechalari +3…+8 darajagacha, shimoliy hududlarda −0…−2 darajagacha pasayadi, kunduz kunlari +13…+18 darajadan yuqori bo‘lmaydi.

Payshanba va juma kunlari antitsiklon sharqqa tomon siljiydi, bu kunlarda O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik yog‘ishi ehtimoli kam. Havo harorati kechalari +3…+8 daraja atrofida bo‘lishi saqlanib turadi, juma kuniga kelib kunduz kuni +17…+22 darajagacha ko‘tariladi.

16−17-oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 13−18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. 14−17-oktabrda respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.