Poytaxt hokimligi fuqarolarni boshpanasiz hayvonlarga yordam berishga chaqirdi

E’lon qilingan sana· 61
Poytaxt hokimligi fuqarolarni boshpanasiz hayvonlarga yordam berishga chaqirdi

Toshkent hokimligi shahar aholisiga murojaat qilib, sovuq havo kelishi bilan boshpanasiz hayvonlarni asrashga chaqirdi.

“Bugundan boshlab kunlar sezilarli darajada salqinlashdi va tez orada salqin havo o‘rnini ayozli kunlar bosadi. Shu sababli, poytaxt aholisi va mehmonlariga yuzlanib, e’tiborlarini qarovsiz kuchuk va mushuklarga qaratmoqchimiz, hoynahoy ular siz yashab turgan hovlida ham bo‘lsa kerak”, — deyiladi murojaatda.

Hokimlik imkon va xohish bo‘lsa, boshpanasiz jonivorga boshpana yoki ozuqa berishga chaqirdi. “Shunday qilib, siz kichik, ammo juda muhim bo‘lgan hayotni saqlab qolishingiz mumkin”, — deya ta’kidlagan shahar hokimligi.

Hokimlik haydovchilarga murojaat qilar ekan, avtomobillarni o‘t oldirishdan avval uni tekshirib ko‘rishni so‘radi, chunki sovuq havoda jonivorlar issiq boshpana izlab, ko‘pincha mashina g‘ildiraklari va kapotlari ostida yashirinadilar: “Bir muddat shoshmang, mashina atrofini tekshirish uchun bir daqiqa vaqt ajrating”.