Taras Shevchenkodagi gastronomik koʻcha qurilishining birinchi bosqichi yakunlandi
Taras Shevchenkodagi gastronomik ko‘cha qurilishining birinchi bosqichi 11-oktabr kuni yakunlandi. Avvalroq jarayon 10-oktabrda yakunlanishi xabar qilingandi.
Gastronomik ko‘cha bo‘ylab foto-zonalar va yashil hududlar barpo etilgan, 39 ta kichik va 17 ta katta torsherlar o‘rnatilgan.
Shuningdek, bitta yangi avtobus bekati qurildi, yuzni tanish tizimiga ega 39 ta videokuzatuv kameralari, 20 ta o‘rindiq va axlat qutilari o‘rnatildi, Wi-Fi tarqatish tizimlari yaratildi.
Ta’kidlanishicha, mehmonlarga qulaylik yaratish maqsadida qariyb 3000 kv.m piyodalar yoʻli barpo etilgan, qatnov yo‘lining asosiy qismi (2600 kv.m) esa tabiiy granit toshdan terilgan.
Shuningdek, koʻchada 1 ta avtobus bekati qurilgan, 39 ta videokuzatuv kameralari va yuzni tanish tizimlari, 20 ta o‘rindiq va axlat qutilari o‘rnatilgan hamda wi-fi tarqatish tizimlari montaj qilingan.
Ma’lim qilinishicha, loyihaning ikkinchi bosqich ishlari boshlanish arafasida turibdi. Bunda yashil zonalar ko‘lamini kengaytirish, landshaftli dizaynlar yaratish, terassalar qurish, zamonaviy o‘rindiqlar o‘rnatish kabi ishlar amalga oshirilishi belgilangan.
Alleyada joylashgan tadbirkorlik subyektlari 24 soatlik ish rejimiga faoliyat yuritadi.
Yo‘lning o‘zi kechki soat 20:00 dan tonggi 06:00 gacha avtomobillar uchun yopiladi va piyodalar hududiga aylanadi.