"Bunyodkor" stadioni atrofidagi yoʻllar mashinalar uchun vaqtincha yopildi

E’lon qilingan sana· 108
"Bunyodkor" stadioni atrofidagi yoʻllar mashinalar uchun vaqtincha yopildi

Bugun, 10-oktyabr kuni “Bunyodkor” stadionida futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCh 3-saralash bosqichi 3-turi doirasida Eron bilan bahs olib boradi. Mazkur uchrashuv munosabati bilan stadion atrofidagi yoʻllarda mashinalar harakati vaqtincha cheklandi.

Ta’kidlanishicha, Chilonzor tumanining quyida keltirilgan ko‘chalarda soat 16:00 dan soat 22:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklandi:

  • Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasidan-Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  • KHAY va Muqimiy koʻchalarini bogʻlab turuvchi Chilonzor koʻchasi.

IIB YXHB yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qildi.