Anons

Gyote institutida germaniyalik ijodkorlarning “Non almashish” loyihasi taqdimoti

E’lon qilingan sana· 56
Gyote institutida germaniyalik ijodkorlarning “Non almashish” loyihasi taqdimoti

Gyote institutida germaniyalik rassom Anne Knоdler va grafik dizayner Helmut Stabening “Non almashish” loyihasi taqdimoti boʻlib oʻtadi.

“Non almashish” — Anne Knоdler va Helmut Stabening loyihasi. Germaniyalik rassomlar Oʻzbekistonga tashrif buyurga boʻlib, bu yerda 2 oy qoladi. Mahalliy novvoyxonalarga nazar tashlash orqali novvoylar ishtiyoq bilan mamlakat aholisi va madaniyatini yaqindan o‘rganishni xohlagan. Non butun dunyoda pishiriladi va iste’mol qilinadi, shuning uchun u o‘zaro fikr almashish uchun ajoyib vositadir.

Gyote Institutida ular tadqiqotlarining natijasi sifatida fotosuratlar va videomateriallarni namoyish etib, kelgusidagi badiiy ishlari haqida ma’lumot beradi. Shundan soʻng suhbatlashish va turli xil nonlarni tatib koʻrish uchun imkoniyat yaratiladi. Anna va Helmut Germaniyaning boy xamirturush madaniyati yordamida Oʻzbekistonda pishirilgan nonni taklif qiladi.

Taqdimot nemis tilida boʻlib, oʻzbek tiliga ham tarjima qilinadi.

Kirish bepul.