Hafta oxirida Toshkentda kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
7-oktabrdan 11-oktabrgacha Toshkent shahrida kutilayotgan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi.
Dushanba kuni kunduzi poytaxtda havo biroz bulutli bo‘lishi, havo harorati +26° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Shamol shimoli-g‘arbdan — 15 km/soat tezlikda esadi. Kechasi biroz bulutli, +13° gacha tushadi.
8-oktabr kuni havo biroz bulutli bo‘ladi. Harorat +26° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Shamol janubi-g‘arbdan 11 km/soat tezlikda esadi. Kechasi biroz bulutli boʻladi, harorat +14° gacha tushadi.
Chorshanba kuni tushdan keyin Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi. Havo harorati +27° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Shamol janubi-g‘arbdan 8 km/soat tezlikda esadi. Kechasi, maʼlumotlarga koʻra, havo biroz bulutli boʻlib, +15° gacha tushadi.
10-oktabr kuni poytaxtda kunduzi biroz bulutli bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati +27° gacha ko‘tariladi. Janubiy shamol tezligi 15 km/soat boʻladi. Kechasi biroz bulutli boʻlib, harorat +17° gacha tushadi.
Juma kuni tushdan keyin Toshkentda kuchli yomg‘ir yog‘ishi va havo harorati +25° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Shamol tezligi 15 km/soatga yetadi. Yomgʻir ehtimoli — 40%. Shanbaga oʻtar kechqurun havo biroz bulutli boʻlib, harorat +14° gacha tushishi kutilmoqda.