Dam olish kunlari qulay ob-havo kuzatiladi
E’lon qilingan sana: · 399
Dam olish kunlari respublika hududiga Kaspiy dengiz janubidan nam va nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet agentligi.
Toshkent shahrida 4-oktabrda kechqurun biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 11−13 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +28…+30 daraja bo‘ladi.
5−6-oktabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati 5-oktabrda kechasi +15…+17, kunduzi +22…+24, 6-oktabrda kechasi +12…+14, kunduzi +20…+22 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 5−10 m/s tezlikda esadi.