Yandex Maps navigatsiyasiga oʻzbekcha ovoz qoʻshildi
![Yandex Maps navigatsiyasiga oʻzbekcha ovoz qoʻshildi](/uploads/media/2024/10/b04ef28f3af6657e37063b3fa3e4bded_l.jpg)
Yandex Uzbekistan Yandex Maps navigatsiyasiga oʻzbekcha ovozni qoʻshdi. Endilikda oʻzbekistonlik foydalanuvchilar nafaqat ilova interfeysi, tashkilot va geografik obyekt nomlari, balki avtomobilda yoʻnalish boʻylab yurishda yordam beruvchi ovozli koʻrsatmalarni oʻzbek tilida tinglashi mumkin.
Ta’kidlanishicha, Oʻzbekistonda “Yandex Maps” ilovasidan har oy 2,8 milliondan ortiq kishi foydalanadi. Soʻnggi yilda auditoriya qariyb 50% ga oʻsgan.
O‘zbekistonda har oyda 2,8 milliondan ortiq kishi Yandex Maps`dan foydalanadi, so‘nggi yilda auditoriya deyarli 50 foizga o‘sdi, deya ta’kidladi kompaniya.
iOS va Android`dagi Yandex Maps ilovasi allaqachon yangilangan. Unga o‘zbek tilidagi ko‘rsatmalar ham qo‘shilgan.
“Bizning maqsadimiz — O‘zbekiston aholisi uchun maksimal qulay bo‘lgan navigatsiya ilovasini taqdim etish. Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, shahar bo‘ylab yanada qulayroq harakatlanishga yordam beradigan ovozli ko‘rsatmalar foydalanuvchilarning 87 foizida yoqilgan. Endilikda, bu nafaqat rus tilida, balki o‘zbek tilida ham mavjudligi tufayli biz maqsadimizga yanada yaqinroq keldik”, — dedi Yandex Uzbekistan rahbari Izzat Shukurov.
Tilni oʻzgartirish uchun ilovani oxirgi versiyasiga yangilash lozim. Keyin profilda sozlamalarga kirib “Xarita va interfeys” — “Til” — “Oʻzbekcha"ni tanlash kerak. Shuningdek, ovozli koʻrsatmalar tilini ham oʻzgartirish uchun sozlamalarda “Tovushlar va ogohlantirishlar” -“Annotatsiya tili” — “Oʻzbekcha” ni tanlash kerak boʻladi.
Yandex Maps ilovasini Google Play yoki AppStore orqali yuklab olish mumkin.