Tuman, yogʻingarchilik va +30° — haftalik ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi

E’lon qilingan sana· 136
Tuman, yogʻingarchilik va +30° — haftalik ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi

30-sentabrdan 4-oktabrgacha boʻlgan ish haftasi boshida sovuq ob-havo kuzatiladi, juma kuniga qadar havo harorati +30° gacha ko‘tariladi.

Dushanba kuni tushdan keyin, ob-havo ma’lumotlariga koʻra, sezilarli bulutli boʻlishi va harorat +21 ° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Janubi-g‘arbdan — 12 km/soat tezlikda shamol esadi. Kechasi biroz bulutli ob-havo kutilmoqda. Poytaxtning ayrim hududlarida kyengil tuman tushishi mumkin. Harorat +13° gacha tushishi kutilmoqda.

1-oktabr kuni poytaxtda kunduzi havo biroz bulutli bo‘ladi, havo harorati +26° gacha ko‘tariladi. Shamol shimoli-g‘arbdan 12 km/soat tezlikda esadi. Kechasi, ob-havo ma’lumotlariga koʻra, havo ochiq boʻladi va harorat +16 ° gacha tushadi.

Chorshanba kuni kunduzi havo biroz bulutli boʻlishi va +28° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Shamol janubdan, janubi-g‘arbdan 11 km/soat tezlikda esadi. Kechasi biroz bulutli ob-havo kuzatiladi, havo harorati +17° gacha pasayadi.

3-oktabr kuni Toshkentda kunduzi biroz bulutli bo‘lib, havo harorati +29° gacha ko‘tariladi. Shamol shimoldan, shimoli-sharqdan 12 km/soat tezlikda esadi. Kechasi biroz bulutli, +19° gacha tushadi.

Juma kuni tushdan keyin ob-havo sezilarli bulutli boʻladi va harorat +30° gacha koʻtariladi. Shamol shimoldan, shimoli-g‘arbdan 13 km/soatda esadi. Shanba kuni kechasi kuchli yomgʻir yogʻishi va havo harorati +17° gacha tushishi kutilmoqda.