Yandex Go xizmati Jizzaxda faoliyat boshladi

E’lon qilingan sana· 83
Yandex Go xizmati Jizzaxda faoliyat boshladi

"Yandex Go" xizmati JIzzaxda ham ish boshladi. Bu xizmat rasman faoliyat yuritayotgan Oʻzbekistondagi 15-shahar boʻldi. 

Xizmatdan foydalanish uchun, App Store yoki Google Play orqali Yandex Go‘ning bepul mobil ilovasini yuklab olish va u yerda akkaunt yaratish kerak. Taksiga buyurtma berish uchun manzilni kiritish yoki xaritada nuqtani belgilash kifoya qiladi, ilova mashina necha daqiqada yetib kelishini va uni qanday topish mumkinligini ko‘rsatib beradi. Yo‘l haqini naqd pul yoki ilovada biriktirilgan karta orqali to‘lash mumkin.

Yoʻl haqi minimal narxi 2500 soʻmdan boshlanadi. Masalan, Koʻk bozordan viloyat hokimiyatigacha boʻlgan yoʻl 3000 soʻm atrofida boʻladi.

Yandex Go ilovasi xaritalar, navigatsiya va buyurtmalarni taqsimlashning aqlli tizimi kabi Yandex texnologiyalaridan foydalanadi.

Ushbu xizmat Jizzaxdan tashqari O‘zbekistonning Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon, Samarqand, Buxoro, Termiz, Nukus, Qarshi, Urganch, Xiva va Guliston kabi 14 shahrida ham mavjud.