Samarqandda aylanish mumkin boʻlgan 10 ta joy

E’lon qilingan sana· 1 623
Samarqandda aylanish mumkin boʻlgan 10 ta joy

Manzillar, ish vaqti va tashrif narxi 2024.

Chorsu Art-galereyasi

Chorsu milliy rassomlik galereyasi Samarqandning tarixiy markazida, Registon maydoni va Sherdor madrasasi yonida joylashgan. Galereya binosi o‘zining olti burchakli shakli va gumbazlariga ega. Bino XV asrda qurilgan, boʻlib boy va ko‘p asrlik tarixga ega. Hozirda shaharning tarixiy qismi bilan birga YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Bugungi kunda san’at galereyasi binosida zamonaviy o‘zbek rassomlarining taniqli va mashhur, yangi ijodkrlarning eng yaxshi asarlari, o‘tmishdagi bebaho asarlarning muzey eksponatlari namoyish etiladi.

Ish vaqti: har kuni, 10:00 dan 18:00 gacha

Manzil.


Boqiy shahar

Samarqand turizm markazining 7 gektar maydonida O‘zbekiston yerlaridagi xalqlarning tarixi va anʼanalari bilan tanishishi mumkin boʻlgan qadimiy shahar qayta tiklangan. Boqiy shahar majmuasining markazida 1 ta galereya va qadimiy sharqona bozor, 36 ta rastadan iborat 14 ta hunarmandchilik ustaxonalari, 2 ta milliy taomlar restorani qurilgan. Tor koʻchalarda rassomlar, hunarmandlar va duradgorlarning doʻkonlari joylashgan.

Boqiy shaharga tashrif buyurish orqali mamlakatning turli davrlari va mintaqalari milliy taomlarini tatib koʻrishi va haqiqiy koʻcha tomoshalarini koʻrishlari mumkin boʻladi. Afisha.uz mazkur kompleks haqida batafsil sharhni ham yozgan edi.

Manzil.


Siyob bozori

Siyob nafaqat Oʻzbekistondagi, balki Markaziy Osiyodagi eng qadimiy bozorlardan biri hisoblanadi. Bozorning maydoni 7 gektardan oshadi. Siyob bozori shahardagi sayyohlar eng koʻp tashrif buyuradigan joylardan biri hisoblanadi.

Bozordagi savdo rastalari ularda sotiladigan mahsulotlar turlariga koʻra ajratiladi: maishiy mahsulotlar, goʻsht, sabzavotlar, mevalar, yongʻoqlar, sharqona shirinliklar, ziravorlar, yormalar, non va tortlar. Kiyim va uy-roʻzgʻor buyumlari joylashgan alohida doʻkonlar ham mavjud.

Manzil.


Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bogʻi

Ushbu istirohat bogʻida shahardagi asosiy yashillik manbaini topish mumkin. Bu yerda dam olish zonalari, yugurish yo‘laklari, bolalar maydonchalari va kafelar mavjud. Yoqimli havo va sokinlik hukm suradi. Bu bog' Samarqanddagi sayr qilish, sport bilan shug‘ullanish va do‘stlar bilan uchrashish uchun yaxshi variant hisoblanadi.

Ish vaqti: 24 soat.

Manzil.


Imom Moturudiy maqbarasi

Muhammad ibn Mahmud al-Moturidiy Samarqandda tugʻilgan. 2000-yilda allomaning 1130 yilligi munosabati bilan Registon maydonidan uzoq boʻlmagan joyda yangi maqbara barpo etilgan.

Bu qadamjo joylashgan xiyobonda sharsharali favvoralar qurilib, atrofi obodonlashtirilgan. Xona markaziga qoʻyilgan sagʻanada arab yozuvida buyuk olimning hadis soʻzlari bitilgan.

Manzil.


Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri

Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrida ilk spektakl 1978-yil 1-sentyabr kunida namoyish etilgan. Yaqinda ushbu qogʻirchoq teatrining 46-mavsumi ochilishi boʻlib oʻtdi.

Spektakllar uchun chipta narxi: 20 000 soʻm.

Murojaat uchun telefon: (+998) 66−233−5959; (+998) 97−396−9496.

Manzil.


Sadriddin Ayniy uy-muzeyi

Samarqand shahrida atoqli oʻzbek va tojik yozuvchisi, tarjimon va adabiyotshunos olim Sadriddin Ayniy hayoti va ijodiga bagʻishlangan uy-muzey mavjud. Bu uyda Ayniy 1917-yildan 1950-yillar boshlarigacha yashagan. Uy-muzey har kuni soat 9:00 dan 20:00 gacha ochiq boʻladi.

Bu uy-muzeyi eski shahar markazida, Registon koʻchasida, Registon maydoni va ansambli hamda Amir Temur maqbarasidan uncha uzoq boʻlmagan joyda joylashgan.

Chipta narxi:

  • bolalar uchun — 5000 soʻm;
  • kattalar uchun — 10 000 soʻm;
  • chet ellik bolalar uchun — 25 000 soʻm;
  • chet ellik kattalar uchun — 35 000 soʻm.

Ushbu havola orqali uy-muzeyi uchun chipta xarid qilish mumkin.

Manzil.


Samarqand Buxoro paxta gilamlari fabrikasi

Samarqand Buxoro paxta gilamlari shunchaki oilaviy fabrika boʻlibgina qolmay, ustaxona, muzey, suvenirlar do‘koni va gilam to‘qish maktabi ham hisoblanadi.

Ushbu fabrikaga tashrif buyuruvchilar o‘zbek gilamlari tarixini oʻrganishi, naqshlarning ma’nosi bilan tanishishi, bitishi uchun bir necha oy kerak boʻladigan gilamlarni toʻqish jarayonining guvohi boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, mehmonlar gilam toʻqish jarayonida ishtirok etish imkoniyatiga ham ega boʻladi.

Manzil.


“Art Station” galereyasi

Samarqand shahridagi vokzal yaqinida joylashgan san’at galereyasi Silk Road universitetiga qarashli hisoblanadi. “Art Station"da konsertlar, ijodiy uchrashuvlar, film namoyishlari va boshqalar boʻlib oʻtadi.

Ish vaqti: seshanbadan shanbagacha, soat 09:00 dan 18:00 gacha.

Kirish bepul.

Manzil.


Mahmudxoʻja Behbudiy uy-muzeyi

Mahmudxoʻja Behbudiy uy-muzeyi 2021-yilning 18-oktyabr kuni ochilgan. Muzeydagi ekspozitsiyalar ilmiy konsepsiyaga asoslangan bo‘lib, unda Behbudiyning hayoti va ijodi, jadidchilik tarixi, XX asr boshlaridagi madaniy-ma'rifiy voqeliklar, muzey ashyolari, xujjatlar, fotonusxalar va boshqa ashyolarni tomosha qilish mumkin.

Narxlar: 2000 soʻmdan 30 000 soʻmgacha.
Ushbu havola orqali chipta xarid qilish mumkin.

Ish vaqti: har kuni 09:00 dan 17:30 gacha.

Manzil.

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov