Toshkentdan Al-Aynga muntazam aviareyslar yoʻlga qoʻyildi

E’lon qilingan sana· 452
Toshkentdan Al-Aynga muntazam aviareyslar yoʻlga qoʻyildi

Toshkentdan BAAning Al-Ayn shahriga muntazam aviaparvozlar yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda Turizm qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, reys “Rotana Jet” brendi ostida tashkil etiladi. “Bu yo‘lovchilarga qulay sayohat imkoniyatlarini taqdim etadi va shaharlar o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Al-Ayn BAAning toʻrtinchi yirik shahri boʻlib, oʻzining yashil bogʻlari, favvoralari va Al-Jahili qalʼasi va mashhur vohasi kabi tarixiy obidalari bilan ta’nilgan. Shahar, shuningdek, madaniy tadbirlar va festivallar markazi boʻlib, uni sayyohlar uchun jozibali manzilga aylantiradi.