Anons

Virjinya Vulfning "Shaxsiy xona" kitobi taqdimoti

E’lon qilingan sana· 58
Virjinya Vulfning "Shaxsiy xona" kitobi taqdimoti

“Book.uz” doʻkonida ingliz yozuvchisi Virjinya Vulf qalamiga mansub “Shaxsiy xona” asarining oʻzbek tiliga tarjima qilingan kitobi taqdimoti boʻlib oʻtadi.

Unda adiba va mazkur asar tarjimoni Nodirabegim Ibrohimova ham ishtirok etadi.

Ingliz adibasi Virjiniya Vulfning “Shaxsiy xona” esse-qissasi 1929-yilda nashr qilingan. Asarda u ayollar shaxsiy fikrini, oʻzligini erkin ifoda etolmasligi sabablarini ijtimoiy, tarixiy koʻlamda oʻrganadi.

Adibaning fikricha, ayollarda iste’dod bor, ammo sharoit va imkoniyat yetishmaydi. Agar ularda imkoniyat, mablag' va erkinlik boʻlsa, oʻzini toʻla namoyon etishi mumkin.

Mazkur esse-qissa nafaqat adabiyotda, balki hayotda oʻrnini topib, muvaffaqiyatga erishmoqchi boʻlgan insonlar uchun yozilgan.

Kirish bepul.

    • Sana
      21 sentabr, 15:00
      Joy
      Book.uz
      Toshkent, Катартал ko‘ch., 60