Toshkentda isitish tizimi va issiq suv narxi 15 foizga oshiriladi
E’lon qilingan sana: · 269
Toshkent shahar deputatlar Kengashining saytida 12-sentyabr kuni e’lon qilingan hujjatga koʻra, poytaxtda aholi va yuridik shaxslar uchun isitish tizimi hamda issiq suv ta’minoti xizmatlari tariflari 15 foizga oshiriladi.
Hujjat shahar hokimi tomonidan imzolangach, aholi uchun narx avvalgi 105 754 so‘m/Gkal o‘rniga 121 617 so‘mni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, avvalroq 2024-yilning fevral oyida aholi uchun tariflar oshirilgandi. Bu 2023−2024 yilgi isitish mavsumi tugashining ertasiga sodir boʻlgan.
Yuridik shaxslar uchun tarif 1 Gkal uchun 212 606 so‘mdan 244 497 so‘mgacha oshiriladi.
Yuridik shaxslar uchun soʻnggi narx koʻtarilishi 2023-yil oxirida sodir boʻlgandi.