Dam olish kunlari iliq havo kuzatiladi
Juma va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha iliq va asosan quruq ob-havo saqlanib turadi, deb xabar berdi O‘zgidromet.
Poytaxtda 20−21-sentabr kunlari asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi, 22-sentabrda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Harorat kechalari +14…+17 daraja, kunduzi +28…+31 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi.
Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida 21-sentabr — shanba kuni ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Respublikaning tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda o‘rtacha tezlikkacha esadi, 21−22-sentabrda ayrim hududlarda ba’zi joylarda 12−14 m/s gacha kuchayishi mumkin.