Toshkentni yuqoridan tomosha qilish mumkin boʻlgan 7 restoran

E’lon qilingan sana· 19 957
Toshkentni yuqoridan tomosha qilish mumkin boʻlgan 7 restoran

Kuz kelishi bilan Toshkent shahri yanada gavjum shaharga aylandi. Bu vaqtda shugʻullanish mumkin boʻlgan maroqli ishlardan biri Oʻzbekiston poytaxtini yuqoridan tomosha qilishdir.

Afisha.uz Toshkentni yuqoridan koʻrish mumkin boʻlgan restoranlarni bir yerga jamladi.


“Koinot” restorani

Toshkent shahrining ramzlaridan biri boʻlgan Teleminorada Oʻzbekiston poytaxtini xuddi kaftdek koʻrish mumkin. Narxlar oʻrtachadan biroz qimmatligini aytmasa, shaharni yuqoridan tomosha qilish uchun “Koinot” restorani ayni muddao boʻladi.

Afisha.uz saytida ushbu restoranga yozilgan sharhni ham oʻqishingiz mumkin.

Narxlar:

  • salatlar — 75 000 soʻmdan boshlanadi;
  • birinchi taomlar — 30 000 soʻmdan boshlanadi;
  • pastalar — 65 000 soʻmdan boshlanadi;
  • asosiy ovqatlar — 60 000 soʻmdan boshlanadi;
  • pitsalar — 105 000 soʻmdan boshlanadi.

Murojaat uchun telefon: (+998) 99−898−1111.

Manzil.


“Uzbekistan” restorani

Toshkentdagi eng mashhur joylardan biri hisoblangan “Oʻzbekiston” mehmonxonasining 17-qavatida restoran joylashgan. Bu yerda Oʻzbekiston poytaxtining qoq markazida turib, shaharni kuzatish imkoniyatiga ega boʻlasiz.

Ushbu ovqatlanish maskanida bir kishi uchun narx oʻrtacha 200 000 soʻmni tashkil qiladi.

Murojaat uchun telefon: (+998) 78−113−1111.

Manzil.


“6 Floor Grill & Bar”

“Lotte City Hotel Tashkent Palace” mehmonxonasining tomida joylashgan restoran ham Toshkentni yuqoridan tomosha qilish imkonini beradi. Restoran soat 19:00dan 23:00gacha ishlaydi. Ma’lumot uchun, bu yer faqat may oyidan oktyabr oyigacha faoliyat yuritadi.

Ushbu ovqatlanish maskanida bir kishi uchun narx oʻrtacha 300 000 — 350 000 soʻmni tashkil qiladi.

Murojaat uchun telefon: (+998) 98−338−5800.

Manzil.


“Veranda”

“Grand Mir” mehmonxonasining 8-qavatida joylashgan launj-bar ham alohida e’tibor qaratishga arziydi. Toshkent markaziga yaqin joylashgan va gavjum boʻlgan joyni tepadan tomosha qilish qiziqarli jarayon boʻladi. Restoran soat 18:00 dan 00:00 gacha ishlaydi.

Bu yerda ovqatlanish narxi bir kishi uchun taxminan 300 000 soʻmni tashkil qiladi.

Murojaat uchun telefon: (+998) 93−380−2030.

Manzil.


“City 21”

“Hilton” mehmonxonasining 21-qavatida joylashgan pan-osiyo taomlari restorani ham Toshkentni yuqoridan tomosha qilish imkonini beradi. Restoran soat 18:00 dan 00:00 gacha ishlaydi.

Narxlar:

  • salatlar — 130 000 soʻmdan boshlanadi;
  • sushilar — 120 000 soʻmdan boshlanadi;
  • burgerlar — 160 000 soʻmdan boshlanadi;
  • suyuq ovqatlar — 130 000 soʻmdan boshlanadi;
  • pitsalar — 105 000 soʻmdan boshlanadi.

Murojaat uchun telefon: (+998) 71−210−8906.

Manzil.


“Sette”

“Hyatt Regency” mehmonxonasining tepasida joylashgan O‘rta yer dengizi taomlarini tayyorlaydigan “Sette” restorani Toshkentni yuqoridan kuzatish niyatida boʻlganlar uchun ajoyib imkoniyatdir. Restoran soat 18:00 dan 23:00 gacha xizmat koʻrsatadi.

Narxlar:

  • salatlar — 170 000 soʻmdan boshlanadi;
  • pitsalar — 170 000 soʻmdan boshlanadi;
  • asosiy ovqatlar — 220 000 soʻmdan boshlanadi.
  • suyuq ovqatlar — 170 000 soʻmdan boshlanadi;

Murojaat uchun telefon: (+998) 99−885−1545.

Manzil.


“Ember”

“Intercontinental” mehmonxonasining 17-qavatida joylashgan “Ember” restorani joylashgan. Premium klassdagi restorandan turib, Toshkentni tomosha qilish maroqli jarayonga aylanadi. Restoran soat 17:00 dan 02:00 gacha xizmat koʻrsatadi.

Narxlar:

  • salatlar — 170 000 soʻmdan boshlanadi;
  • sushilar — 85 000 soʻmdan boshlanadi;
  • asosiy ovqatlar — 185 000 soʻmdan boshlanadi;
  • suyuq ovqatlar — 110 000 soʻmdan boshlanadi;
  • desertlar — 70 000 soʻmdan boshlanadi.

Murojaat uchun telefon: (+998) 55−504−4441.

Manzil.

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov