“Navro‘z” bogʻida xalqaro gastronomik festival boʻlib oʻtadi

E’lon qilingan sana· 333
“Navro‘z” bogʻida xalqaro gastronomik festival boʻlib oʻtadi

Toshkent shahridagi “Navro‘z” etnik bog‘ida 20−22-sentyabr kunlari “Lazzatli O‘zbekiston” xalqaro gastronomik festivaliga boʻlib oʻtadi. Bu haqda Turizm qoʻmitasi xabar berdi.

Bu festivalda tashrif buyuruvchilar o‘zbek va qardosh xalqlarnin lazzatli taomlaridan tatib ko‘rishi mumkin boʻladi. Bundan tashqari, xalqaro toifadagi oshpazlardan mahorat darslari, qiziqarli tanlovlar hamda ko‘ngilochar madaniy dasturlarda ishtirok etish imkoniyati yaratiladi.

Avvalroq Afisha.uz Samarqanddagi “Sharq taronalari” festivali qanday oʻtgani haqida reportaj tayyorlagandi.