Toshkentdagi Pushkin haykali atrofida zamonaviy bog‘ barpo etiladi
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi Shota Rustaveli va Bobur ko‘chalari kesishmasida joylashgan Pushkin haykali o‘rnatilgan xiyobonda zamonaviy suvtushar bog‘ barpo etiladi. Tuman hokimligi renderlar va rejalar bilan o‘rtoqlashdi.
Ta’kidlanishicha, 2,5 gektardan iborat mazkur hududdagi haykal, favvora va hamma daraxtlar o‘z joyida qolishini, maydonga qo‘shimcha daraxtlar ekilishi Yig‘ilishda tuman hokimi aholiga qulaylik yaratish maqsadida istirohat bog‘i hududi zamonaviy uslubda bezatilishini qayd etdi.
Shota Rustaveli koʻchasining bir qismini yangi bogʻdan “Grand Mir” mehmonxonasigacha boʻlgan qismini 24 soat ishlaydigan gastronomik turizm koʻchasiga aylantirish rejalashtirilgan.
Hududni rekonstruksiya qilish va obodonlashtirish orqali ko‘chalar bo‘ylab bino va boshqa inshootlarning ko‘rinishi zamonaviy qiyofaga keltiriladi.
Turistik koʻcha boʻylab quyidagilarni amalga oshirish rejalashtirilgan:
- 1,6 kilometr uzunlikdagi velosiped yoʻlini yotqizish;
- 40 ta zamonaviy skameykalarni oʻrnatish;
- 10 ta joyda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun panduslar;
- 1,5 kilometr uzunlikdagi yashil zonani yaratish;
- mavjud oltita avtobus bekatlarini hojatxonalar tashkil etgan holda to‘liq rekonstruksiya qilish;
- hududdagi yer osti o‘tish joylarini kesib o‘tishda harakatlanish imkoniyati cheklangan odamlar uchun to‘rtta pandus;
- ikkita chorrahadagi yer osti yo‘llarini rekonstruksiya qilish.
Loyiha natijasida koʻchaga oyiga taxminan 67 000 sayyoh tashrif buyurishi kutilmoqda.