Taras Shevchenko koʻchasidagi gastronomik koʻcha ochilishi bir oyga kechiktirildi
Spot.uz nashri Taras Shevchenko ko‘chasining bir qismida gastronomik ko‘chaning ochilish sanasi keyinga surilgani haqida xabar berdi. Bunga granit tosh yotqizilishi, yozgi terrasalar qurilishidagi kechikishlar hamda velosiped yo‘lagidan voz kechish kabilar sabab bo‘lgan.
Ko‘cha bo‘ylab velosiped yo‘lagidan voz kechish hisobiga piyodalar uchun hududni kengaytirish, velosipedchilar esa qatnov qismida harakatlanishi rejalashtirilgan.
“Birinchi bosqichda „gastronomik“ ko‘cha test rejimida ishlaydi. Kelgusida Taras Shevchenko ko‘chasi transport harakati uchun yopilib, piyodalar harakatlanishi mumkin bo‘ladi”, — deyiladi tuman hokimligida.
Dastlab, ushbu manzilda gastronomik ko‘cha tashkil etish ishlarini 1-sentabrgacha yakunlash rejalashtirilgan edi. Keyinchalik ochilish 15-sentyabrga koʻchirildi. Endi esa bu 1-oktyabrga rejalashtiririlmoqda.