Humo Arena yaqindagi koʻchalarda mashinalar harakati vaqti-vaqti bilan cheklanadi

E’lon qilingan sana· 331
Humo Arena yaqindagi koʻchalarda mashinalar harakati vaqti-vaqti bilan cheklanadi

Futzal boʻyicha Jahon chempionati oʻtkazilishi munosabati bilan Toshkentdagi Humo Arena majmuasi yaqinidagi ikki koʻcha 3 hafta davomida vaqti-vaqti bilan mashinalar harakati uchun yopiladi. Bu haqda poytaxt Yoʻl harakati xavsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, 14-sentabrdan, 6-oktabrgacha Humo Arena sport majmuasiga tashrif buyuruvchi mehmonlar va muxlislarning xavfsizligini ta’minlash hamda jamoat tartibini saqlash maqsadida vaqti-vaqti bilan quyida keltirilgan koʻchalarda transport vositalarining harakati qisman cheklanadi:

  • Furqat — Beshyogʻoch koʻchasidan Beshyogʻoch koʻchasi boʻylab, Beshyogʻoch — Afrosiyob koʻchalari kesishgan chorrahasigacha;
  • Beshyogʻoch — Afrosiyob koʻchalari kesishgan chorrahasidan, Afrosiyob koʻchasi boʻylab,
  • I.Karimov — Afrosiyob koʻchalari kesishgan chorrahasiga koʻchasigacha hudud yopiladi.

IIBB YHXB tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilardan aylanma yoʻllardan harakatlanishlari va jamoat transportlaridan foydalanishlarini tavsiya etgan holda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan noqulayliklar uchun uzr soʻragan.

Eslatib oʻtamiz, futzal boʻyicha Oʻzbekistonda oʻtadigan Jahon chempionatining taqvimi va chipta narxlarini bu yerda koʻrishingiz mumkin.