Toshkentda ilk bor "Maker Faire" festivali oʻtkaziladi

E’lon qilingan sana· 267
Toshkentda ilk bor "Maker Faire" festivali oʻtkaziladi

Tadbir 12 va 13-oktyabr kunlari Intercontinental mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi. Unda ixtirochilar va texnologiya ixlosmandlari roʻyxatdan oʻtgan holda ishtirok etishlari mumkin.

“Maker Faire” — ilk bor Toshkentda ilm-fan, garaj innovatsiyalari, raqamli san’at va yangi texnologiyalar festivali bo‘lib o‘tadi. Tadbir AQShning Toshkentdagi elchixonasi ko‘magida 12 va 13-oktyabr kunlari Intercontinental mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazmada robototexnika, ilm-fan, elektronika, dizayn, “Lego”, raqamli san’at, zamonaviy qoʻl mehnati, 3D modellashtirish va virtual reallik kabi sohalardagi ishtiyoqli ixtirochilar va texnologiya ixlosmandlari ishtirok etishi mumkin.

Ishtirok etish uchun ular quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishlari kerak.

Festival haqidagi yangiliklar Telegram va Instagram sahifalarda berib boriladi.


Prezident Obama 2014-yil 18-iyun kuni Oq Uyda oʻtkazilgan Maker Faire yarmarkasida robot jirafani ko‘zdan kechirmoqda. Manba: Mike Theiler/pool/Corbis.


“Maker Faire” — bu 2006 yilda “Make” jurnali tomonidan tashkil etilgan DIY konvensiyasi boʻlib robototexnika, 3D modellashtirish, kompyuterlar, amaliy san’at va xakerlik madaniyati kabi turli soha vakillarini oʻz ichiga oladi.

“Maker Fair” koʻrgazmasi ilk bor 2006-yilda San-Fransisko koʻrfazi hududida boʻlib oʻtgan va oʻsha paytdan beri butun dunyo boʻylab 30 dan ortiq yirik Maker Faire yarmarkalari, shu jumladan Tokio, Rim, Shenjen, Taypey, Seul, Parij, Berlin, Barselona, Detroyt, San-Diego, Miluoki va Kanzas-Siti shaharlarida oʻtkazib kelinadi.

“Maker Faire” festivali AQShning Toshkentdagi elchixonasi ko‘magida Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashlarining O‘zbekistondagi filiali tomonidan tashkil etiladi.

Reklama huquqlari asosida.