Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?
Juma kunidan O‘zbekistonga nisbatan sovuq va biroz nam havo kirib kelishi boshlanadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet agentligi.
Toshkent shahrida 6-sentabr kuni kechga yaqin biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3−8 m/s tezlikda esadi, 12−14 m/s gacha kuchayadi. Harorat +24…+29 daraja bo‘ladi.
7−8-sentabr kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari +10…+13, kunduz kunlari +24…+27 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 6 va 7-sentabr kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. 7-sentabrda baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.