Toshkentda Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha Butunjahon anjumani boʻlib oʻtadi
O‘zbekistonda WCCE 2024 Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon konferensiyasi “Inklyuziv ijodkorlik — o‘zgargan voqelik” mavzusida bo‘lib o‘tadi.
2024-yilgi konferensiyaning mavzusi texnologiyaning jadal rivojlanishidan kelib chiqadigan ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni, xususan, sun’iy idrokning joriy etilishida intellektual mulk huquqlari qanday belgilanishi va ijodiy odob-axloq qay tarzda o‘zgarayotganini tadqiq etishga bag‘ishlanadi.
6 ta sho‘ba mavzulari:
1. Mehnat zaxiralari sur’ati
Rivojlanayotgan texnologiyalar bois mehnat bozoridagi zamonaviy bandlik va global o‘zgarishlarning murakkabligini o‘rganish.
2. Fanlararo yondashuvga asoslangan shahar
Ijodiy shaharlarni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, fanlararo va tarmoqlararo hamkorlikni rivojlantirish.
3. Kreativ ta’lim
O‘zgaruvchan voqelikda ijodkorlarga zarur bo‘lgan muhim ko‘nikmalarni aniqlash va zamonaviy mehnat bozori talablariga javob beradigan ta’limni shakllantirish.
4. Sun’iy idrok davrida intellektual mulk huquqlari
Kreativ iqtisodiyotning barcha ishtirokchilari duch keladigan yangi huquqiy murakkabliklarni muhokama qilish hamda tegishli yechimlarni topish.
5. Inklyuziv barqarorlik
Ijodiy sanoat sohalarida inklyuzivlikni ta’minlash va ijodiy va madaniy sohalarda barqaror o‘sishni qo‘llab-quvvatlash uchun atrof-muhit, ijtimoiy va boshqaruv dasturlarini amalga oshirish.
6. Ijodiy turmush tarzining tadrijiy rivojlanishi
Ijodiy sanoat sohalariga sinchkov nazar: muloqot, tijorat, ta’lim, sarmoya va marketing uchun yangi maydon va vositalarni rivojlantirishni ijodiy sanoat sohalari qanday rag‘batlantirmoqda.
Ishtirok etish uchun havola orqali roʻyxatdan oʻtish lozim.
Konferensiya tashkilotchilari: Oʻzbekiston madaniyati va sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi, Indoneziya Turizm va ijodiy iqtisodiyot vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va taraqqiyot konferensiyasi (UNCTAD) va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) bilan hamkorlikda.
Afisha.uz — tadbirning axboriy hamkori hisoblanadi.