“Bunyodkor” stadioni yaqinidagi ko‘chalarda harakat cheklandi

E’lon qilingan sana· 80
“Bunyodkor” stadioni yaqinidagi ko‘chalarda harakat cheklandi

Toshkentning Chilonzor, Cho‘ponota va Bunyodkor ko‘chasining bir qismida transport harakati bugun, 5-senyabr kuni soat 17:00 dan 23:00 gacha cheklandi. Bu haqda poytaxt YHXB xabar qildi.

Bugun soat 19:00 da O‘zbekiston va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi o‘rtasida futbol bo‘yicha JCH-2026 saralashi 3-bosqichi o‘tkaziladi. Yoʻllarda harakat shu sababli cheklanmoqda.

Ko‘cha va chorrahalar:

  • Muqimiy va Chilonzor ko‘chalari chorrahasidan, Chilonzor va KXAY ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
  • Muqimiy va Arnasoy ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘ponota va Arnasoy ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
  • Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasidan Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

“Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz”, — deyiladi YHXB xabarida.