Toshkent – Samarqand pulli yoʻli qurilishi qachondan boshlanishi ma'lum boʻldi

E’lon qilingan sana· 126
Toshkent – Samarqand pulli yoʻli qurilishi qachondan boshlanishi ma'lum boʻldi

Toshkent—Samarqand pulli magistral avtomobil yo‘llarini qurish ishlari 2024-yilda, Toshkent—Andijon yo‘lini qurish ishlari 2026-yilda boshlanadi. Bu “O‘zbekiston Respublikasida 2024—2030-yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident qarorida belgilandi.

Ushbu qarorda yirik shaharlar o‘rtasida qulay va tezkor avtomobil qatnovi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish maqsadida kamida 1 000 kilometr zamonaviy pulli magistral avtomobil yo‘llarini qurish va modernizatsiya qilish lozimligi qayd etilgan.

Shuningdek, 2024—2026-yillarda ustuvor davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar, 2024—2030-yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar dasturi tasdiqlandi.

Eslatib oʻtamiz, Afisha.uz muharrirlari yaqinda Toshkentdan Samarqandga avtomobilda uyushtirgan safari taasurotlari bilan oʻrtoqlashgandi.