Anqarada Alisher Navoiy haykali ochildi
30-avgust kuni Turkiyaning Anqara shahri Kechio‘ren tumanida Alisher Navoiy haykalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Tadbirda Turkiya Tashqi ishlari vazirligi, TURKSOY tashkiloti, Anqara shahri va tumanlari hokimliklari vakillari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, navoiyshunos va tilshunos olimlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etgan.
“Anqarada buyuk ajdodimizning ulug‘vor haykalining ochilishi nafaqat bizlar uchun, balki Turkiyadagi barcha birodarlarimiz, hattoki butun turkiy dunyodagi qardoshlarimiz uchun katta sharaf ekaniga chin dildan ishonaman”, — dedi Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchisi Alisher A’zamxo‘jayev.
Hozirga qadar Navoiy haykali Moskva, Dushanbe, Ostona, Tokio, Minsk, Shanxay, Seul va Boku shaharlarida o‘rnatilgan.
Seul
Shanxay
Dushanbe
Ostona
Tokio
Foto: fledu.uz
Minsk
Foto: “Sputnik”
Moskva
Foto: OʻzGUMYa