Budapeshtdagi tarixiy bino O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi
E’lon qilingan sana: · 1 100
31-avgustdan 1-sentyabrgacha birinchi bor Vengriya poytaxtining eng mashhur meʼmoriy inshootlaridan biri boʻlgan Baliqchilar qal’asi Oʻzbekiston bayrogʻi ranglari bilan yoritildi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi.
Tadbir O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi tomonidan va OTP Bank hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan tashkil etildi.
Buda tepaligining tarixiy tumanida joylashgan Baliqchilar qal’asi Budapeshtning asosiy diqqatga sazovor joylaridan biridir.
Butun dunyodan minglab sayyohlarni jalb qiladigan bu bino YuNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.