Toshkentning 12 ta joyida bayram tomoshalari o‘tkaziladi
E’lon qilingan sana: · 637
O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Toshkent shahrining barcha 12 ta tumanida 2-sentabrga qadar xalq sayllari va bayram tomoshalari o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.
Ro‘yxat:
- Bektemir tumanidagi “Coca-Cola garden” bog‘i;
- Mirobod tumanidagi Furqat nomidagi istirohat bog‘i;
- Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Central park” bog‘i;
- Sergeli markaziy bog‘i;
- Olmazor tumanidagi Beruniy maydoni;
- Uchtepa tumanidagi “Eko Seul” istirohat bog‘i;
- Chilonzor tumanidagi G‘afur G‘ulom nomidagi istirohat bog‘i;
- Yunusobod tumanidagi O‘zekspomarkaz hududi;
- Shayxontohur tumanidagi “Navro‘z” istirohat bog‘i;
- Yashnobod tumanidagi “Ashxobod” istirohat bog‘i;
- Yangihayot tumanidagi “Green park”;
- Yakkasaroy tumanidagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi binosining old maydoni.
Bayram tomoshalari soat 18:00 dan keyin boshlanishi rejalashtirilgan. Har bir istirohat bog‘i ma’muriyati qoʻshimcha tomoshalar tashkil etishi mumkin.
Dam olish kunlari qayerlarga borish mumkinligi haqida ushbu toʻplamimizda yoki Afisha.uz'ning taqvimida koʻrishingiz mumkin.