5-sentyabrdan ba'zi shaharlararo poyezdlar harakat jadvali oʻzgaradi

E’lon qilingan sana· 275
5-sentyabrdan ba'zi shaharlararo poyezdlar harakat jadvali oʻzgaradi

2024-yilning 5-sentabrdan boshlab texnik sabablarga ko‘ra ba’zi shaharlararo yoʻlovchi poyezdlar harakat jadvaliga oʻzgartirishlar kiritiladi, deya xabar bermoqda “Oʻztemiryoʻlovchi” AJ axborot xizmati.

Unga koʻra, quyidagi poyezdlar harakati oʻzgaradi:

6441-sonli “Toshkent — Xojikent” yoʻnalishi:

  • Toshkent 18:55 — Xojikent 21:06.

6453-sonli “Xavast — Toshkent” yoʻnalishi:

  • Xavast 4:26 — Toshkent 7:46.

6407-sonli “Sirdaryo — Toshkent” yoʻnalishi:

  • Sirdaryo 4:20 — Toshkent 6:33.

6414-sonli “Toshkent — Guliston” yoʻnalishi:

  • Toshkent 12:54 — Guliston 15:12.

6418-sonli “Toshkent — Sirdaryo” yoʻnalishi:

  • Toshkent 20:30 — Sirdaryo 22:43.

6449-sonli “Bekobod — Toshkent” yoʻnalishi"

  • Bekobod 6:30 — Toshkent 9:59.

6450-sonli “Toshkent — Bekobod” yoʻnalishi:

  • Toshkent 17:01 — Bekobod 20:43.

6454-sonli “Toshkent — Xavast” yoʻnalishi"

  • Toshkent 20:05 — Xavast 23:22.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosiga murojaat qilish mumkin.