4 kunlik dam olish kunlarida havo salqin, ammo quyoshli boʻladi

E’lon qilingan sana· 202
4 kunlik dam olish kunlarida havo salqin, ammo quyoshli boʻladi

Sinoptiklarning xabar berishicha, 31-avgustdan 3-sentabrgacha — Mustaqillik bayrami dam olish kunlari Toshkentda quyoshli ob-havo kutilmoqda.

2024-yil yozining so‘nggi kunida havo biroz bulutli bo‘lib, kunduzi havo harorati +34° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi ob-havo biroz bulutli boʻladi. Harorat +18° gacha tushishi kutilmoqda.

1-sentabr kuni biroz bulutli boʻlib, kunduzi harorat +33° gacha ko‘tariladi. Kechasi biroz bulutli boʻladi. Harorat +16° gacha tushishi kutilmoqda.

Dushanba kuni tushdan keyin havo biroz bulutli boʻladi. Havo harorati +29° gacha ko‘tariladi. Kechasi biroz bulutli boʻlib, harorta +14° gacha tushadi. Shimoldan esayotgan shamol sharqdan oʻzgarib, 19 km/soat tezlikda esadi.

3-sentyabr kuni havo biroz bulutli bo‘ladi. Harorat +30° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kuzning birinchi ish kuni kechasi, prognozga koʻra, havo biroz bulutli boʻlib, harorat +15 ° gacha tushadi.